» » Toshkentda 87-raqamli avtobusda yong‘in chiqdi

Toshkentda 87-raqamli avtobusda yong‘in chiqdi


10-oktabr kuni soat 14:52 da “Chinni bozor – Qoraqamish” yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilayotgan Mercedes-Benz Low Floor rusumidagi 87-raqamli avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Voqea avtobus Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha Darvoza ko‘chasidan o‘tayotganida ro‘y berdi.

O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari bilan soat 15:01 yong‘in o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida transport vositasining motor bo‘lmasi yonib ketdi.

Yo‘lovchilar va haydovchiga zarar yetmadi.

Yong‘inga avtobusning yoqilg‘i tizimidagi buzilish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют