» » Yoshlar ittifoqi bir kunda 283 kg paxta tergan qizga kir yuvish mashinasi sovg‘a qildi

Yoshlar ittifoqi bir kunda 283 kg paxta tergan qizga kir yuvish mashinasi sovg‘a qildi


Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi vakillari paxta yig‘im-terimi mavsumida ishtirok etayotgan hasharchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida eng yaxshi terimchilar musobaqasini o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi xabar berdi.

Bir kunda 283 kilogramm paxta terib, eng yaxshi terimchi sifatida e’tirof etilgan O‘g‘iloy Tolipovaga Ittifoq tomonidan kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi. 253 kilogramm paxta tergan Hoshimjon Ortig‘aliyevga mikroto‘lqinli pech, 183 kilogramm natija ko‘rsatgan Xolida Begmatovaga esa changyutgich berildi.

Shu kuni Yoshlar ittifoqi vakillari ham “Oq oltin xirmoniga mening hissam” aksiyasini o‘tkazib, hasharchilar bilan dalada paxta terdi.

Tushlik vaqtida terimchilar uchun taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют