» » 2018-yilning 9 oyi davomida davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 56 mansabdor ishdan bo‘shatildi

2018-yilning 9 oyi davomida davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 56 mansabdor ishdan bo‘shatildi


Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalar shu yilning to‘qqiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida jami 30 681 qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik vakillari ma’lum qildi.

Qonun buzilishlarining 19 447 tasi muddat buzilishi, 2 768 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 2 611 tasi ortiqcha hujjat talab qilish va boshqa turdagi qonunbuzarliklardan iborat.

Aniqlangan holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga 722 taqdimnoma, 729 ogohnoma kiritildi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 636 bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bu choralar natijasida 657  mansabdor shaxsiy intizomiy javobgarlikka tortildi, 56 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 622 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ular orasida soliq inspeksiyasi, kadastr, gaz, elektr ta’minoti idoralari, tuman hokimliklari, arxitektura idoralari mas’ullari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют