» » Usmonxon Alimov “Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VI qurultoyi”da ishtirok etmoqda

Usmonxon Alimov “Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VI qurultoyi”da ishtirok etmoqda


Bugun, 10-oktabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VI qurultoyi” (syezdi) o‘z ishini boshladi. Ushbu tadbirda dunyoning 42 mamlakatidan 80 dan ortiq delegatsiya vakillari qatorida O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu anjumanda qatnashish uchun Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Muftiy hazratni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidakrom Niyazxadjayev hamda Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Baurjon Yesmanxan kutib oldi.

Taniqli davlat va jamoat arboblari anjuman doirasida bugungi kundagi dinlararo hamkorlik masalalari borasida muzokaralar o‘tkazdi.

Anjuman Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning kirish so‘zi bilan ochildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют