» » Moliya vazirligi huzurida soliq nizolarini hal qiluvchi kengash ish boshladi

Moliya vazirligi huzurida soliq nizolarini hal qiluvchi kengash ish boshladi


Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, kengash soliq nizolarini ko‘rib chiqadi.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha, soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakati yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilgan hollarda kengash soliq nizolarini ko‘rib chiqmaydi.

Bundan tashqari, qaror bilan Moliya vazirligi tuzilmasida vazirlik xodimlarining shtatda belgilangan soni doirasida boshqaruv xodimlarining ikki shtat birligidan iborat Kengash Kotibiyati tashkil etildi.

Kengash kotibiyati ariza beruvchilarning murojaatlarini qabul qiladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek, kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют