» » Davlat xizmatlari agentligi jurnalist va ijodkorlar uchun tanlov e’lon qildi

Davlat xizmatlari agentligi jurnalist va ijodkorlar uchun tanlov e’lon qildi


Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mamlakatda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yoritishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ijodkorlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol davlar xizmatlari targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo”ga agentlik vakillari ma’lum qildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar;

internet veb-saytlarida yoritilgan targ‘ibot materiallari;

televideniye va radio kanallari orqali e’lon qilingan materiallar.

Tanlov ishtirokchilarining ishlari targ‘ibotga noan’anaviy yondashgani, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini keng qamrovli yoritgani, targ‘ibot materiallari orqali imkon qadar ko‘p aholini qamrab olganiga ko‘ra baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: 207-00-66.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют