» » Adliya vazirligi O‘zbekiston aholisiga bepul huquqiy maslahatlar beradi

Adliya vazirligi O‘zbekiston aholisiga bepul huquqiy maslahatlar beradi


Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobini o‘tkazadi, deb xabar beriladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida.

Fleshmob joriy yilning 11–12-oktabr kunlari soat 10.00 dan 16.00 ga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. Bunda tashkil etilgan maxsus joylarda targ‘ibot tadbirlari rejalashtirilgan.

Shu kunlari aholiga notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi. Shuningdek, fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini rag‘batlantirish uchun turli tanlovlar va viktorinalar tashkil etiladi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan huquqiy qo‘llanma taqdim etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

11-oktabr – Amudaryo tumani 40-son umumta’lim maktabi.

12-oktabr – Amudaryo tumani 76-son umumta’lim maktabi.

Buxoro viloyati:

Kogon tumani Markaziy istirohat bog‘i.

Surxondaryo viloyati:

Termiz shahar “Bobur” istirohat bog‘i.

Farg‘ona viloyati:

Farg‘ona shahar Markaziy istirohat bog‘i.

Andijon viloyati

Ulug‘nor tumani 6-son umumta’lim maktabi.

Namangan viloyati:

Namangan shahar “Yoshlar” markazi.

Jizzax viloyati:

Jizzax shahar Yoshlar shaharchasi.

Samarqand viloyati:

Samarqand shahar “Registon” maydoni.

Qashqadaryo viloyati:

Qarshi shahar “Atlas-Media park” savdo markazi va Koson tuman Pedagogika kolleji.

Navoiy viloyati:

Navoiy shahar “Ma’rifat” bog‘i.

Xorazm viloyati:

Xiva shahar “Ichanqal’a” majmuasi.

Sirdaryo viloyati:

11-oktabr – Yangiyer shahar Markaziy istirohat bog‘i.

12-oktabr – Guliston shahar “Bilimdonlar” bog‘i.

Toshkent viloyati:

Chirchiq shahar “Mashinasozlar” istirohat bog‘i.

Toshkent shahrida tadbir o‘tkaziladigan joylar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют