» » Mayorkada toshqin oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Mayorkada toshqin oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


O‘rtayer dengizi o‘rtasida joylashgan Balear arxipelagidagi Mayorka oroli (Ispaniya tarkibiga kiradi)da toshqin oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ularning to‘rt nafari toshqindan eng ko‘p jabr ko‘rgan San Lorenso munitsipalitetida, yana ikki nafari esa Son-Server munitepalitetining Silyot aholi punktida halok bo‘lgan.

Voqea joyida zararni baholash va aholiga yordam berish uchun 400 dan ortiq harbiy xizmatchi ish olib boryapti.

Qurbonlarning ikki nafari Buyuk Britaniya fuqarolari, yana ikkitasi — San-Lorenso fuqarolari, qolgan ikki kishining shaxsi aniqlanganicha yo‘q. Yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.

Orolda 13 ta ko‘cha yopilgan, ba’zi munitsepalitetlarda maktablar ham yopib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют