» » Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida sud ijro varaqalari asosida 925 million soliq qarzi undirildi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida sud ijro varaqalari asosida 925 million soliq qarzi undirildi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Mirzacho‘l trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati davlat soliq inspeksiyasining eslatishlariga qaramay soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibatida yilning birinchi yarmidagi qarzdorligi 86 million 566 ming so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu qarzdorlik sud hujjatlari asosida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan to‘liq undirib olindi, deb yozadi O‘zA.

Tumandagi “Humoyunbek biznes invest”, “Mirzacho‘l Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Qahramon Rasul ota” fermer xo‘jaligining soliqlardan qarzdorligini undirishda ham shunday chora qo‘llanildi.

Hozirgacha soliq qarzdorligini mol-mulki hisobidan undirish yuzasidan chiqarilgan sud ijro varaqalari bo‘yicha tumandagi 88 subyektdan 925 million so‘mdan ortiq qarz to‘liq undirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 291 nafar jismoniy shaxsning 131 million 399 ming so‘mlik soliqdan qarzlari ham sud hujjatlari asosida to‘liq undirib olindi.

“Soliq qarzdorligini sud orqali undirish bizga ham soliq to‘lovchiga ham qo‘shimcha vaqt, rasmiyatchilik talab qiladigan ish, — deydi tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Zafar Sayidov. — Shuning uchun ushbu so‘nggi chorani qo‘llashdan oldin tadbirkorlar, aholi o‘rtasida tushuntirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib boramiz. Shu maqsadda joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlar va aholi o‘rtasida 5 mingdan ziyod suhbat, huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazdik. O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari soliq to‘lovchilarning huquqiy bilimini oshirish, qarzdorliklarning kamayishiga xizmat qiladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют