» » Saylov jarayonida shaffoflikni ta’minlash imkoniyati ortadi

Saylov jarayonida shaffoflikni ta’minlash imkoniyati ortadi


Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Xalqaro standartlarga mos ravishda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatorining “O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB), Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimlari, hududlardagi saylov komissiyalarining kotiblari, tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori saylovlarning ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning erkin va mustaqil xohish bildirishi uchun keng sharoit yaratishga qaratilgan.

Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga 2019-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar yuqorida qayd etilgan yangi me’yor va amaliyotlarga muvofiq, muhimi, shaffoflik asosida o‘tkaziladi.

“YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Varshava shahrida joylashgan ofisida faoliyat olib borib, asosan Yevropa davlatlari saylov tajribasini o‘rganib, tahlil qilib boramiz, — deydi DIIHB saylovlar bo‘yicha katta maslahatchisi Stiven Martin. — O‘zbekistonga saylov bilan bog‘liq eng ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish uchun kelganmiz. O‘z navbatida, mamlakatingiz saylov tizimi bilan ham tanishdik. O‘ziga xos yutuqlarga erishilayotganiga, saylov jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotganiga guvoh bo‘ldik. Xalqaro standartlarga mos Saylov kodeksi ishlab chiqilgani, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilayotgani muhim qadam, albatta. O‘zbekistondagi bu yangi tashabbuslar saylovlarning demokratik ruhda o‘tishini ta’minlaydi”.

Tadbir davomida saylovga oid xalqaro standartlar va majburiyatlar keng muhokama etildi. Shuningdek, seminar-trening doirasida saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini joriy qilish va faoliyat yuritish masalasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Uch kun davom etadigan tadbir yakunida saylov jarayonlari amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют