» » Xitoy ishbilarmon doira vakillari guruhi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Xitoy ishbilarmon doira vakillari guruhi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi


31-iyul—3-avgust kunlari Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga uyushtirgan amaliy safari davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 9-oktabr kuni Sichuan provinsiyasining bir guruh ishbilarmon doira vakillari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashrifning birinchi kuni Termiz shahri va tumanidagi tarixiy obidalar va qadamjolar, mustaqillik davrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan xorijlik mehmonlar ishtirokida bugun, 10-oktabr kuni viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniya rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolariga mamlakatda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

213 ta kompaniyani o‘zida birlashtirgan, 40 ming nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgan ZiGong Guo Ming Food Co. Ltd. assotsiatsiyasi prezidenti Chjou Guoming tabiiy iqlim sharoiti, malakali ishchi kadrlari va qulay jug‘rofiy joylashuvi Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi salohiyatining asosi ekanligini ta’kidlar ekan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara berishini e’tirof etdi.

Besh kunlik tashrif davomida mehmonlarning viloyatdagi yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют