» » “O‘zstandart” jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etdi

“O‘zstandart” jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etdi


“O‘zstandart” jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etdi. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlariga O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan mamlakatda yagona o‘lchashlar birligini ta’minlash va xalqaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari mavzusida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bu haqda agentlik “Daryo”ga ma’lum qildi.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi ko‘p tarmoqli, texnik jihatdan jihozlangan, zamonaviy me’yoriy va uslubiy hujjatlar bilan ta’minlangan, 15 ta o‘lchash turi bo‘yicha o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish ishlarini 24 ta laboratoriyadan tashkil topgan 7 ta bo‘lim, 1 ta sertifikatlashtirish idorasiga ega.

Institut laboratoriyalarida yuqori aniqlikdagi o‘lchash va sinash vositalaridan foydalaniladi (Laboratoriyalarda jami 155 dona yuqori aniqlikdagi birlamchi va 679 dona na’munaviy o‘lchash vositasi mavjud).

Institutda xodimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda 20 dan ortiq xodim Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida va besh nafar xodim Belarus respublikasi milliy metrologiya institutida malaka oshirib keldi. Shuningdek Germaniya (RTV), hamda Turkiya (T?B?TAK UME) tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasida 10 ta milliy boshlang‘ich etalonlari mavjud, bu esa respublikadagi 700 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) imkonini beradi.

2018-yilda 6 ta, 2019-yilda 4 ta, 2020-yilda 3 ta va 2021-yilda 2 ta etalon xarid qilinishi belgilangan. Buning natijasida mavjud etalonlar soni 24 taga yetkazilib, respublikadagi 2500 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini chet elga yubormasdan, shu yerda metrologik tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. 2015—2016-yillarda 43 ta etalonlar kalibrlash (solishtirish)dan o‘tkaziladi.

Respublikada o‘tkazilgan o‘lchashlar natijasini xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar qo‘mitasining o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvi (CIPM MRA) ga asos solindi.

O‘zbekistonning Metrik konvensiyaga qo‘shilishi davlatlararo integratsiyalashuvni ta’minlashga, xalqaro savdo jarayonlarida talab etiladigan mahsulotlarni sinash va o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishiga zamin yaratib beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O‘zstandart” agentligining 2018-yilda metrologiya bo‘yicha xalqaro Metrik konvensiyaga qo‘shilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javob oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют