» » Surxondaryoda qo‘chqor o‘g‘risiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda qo‘chqor o‘g‘risiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Gulbahor mahallasida yashovchi Akrom Bolliyev bir kechada ikki bosh qo‘chqoridan ajralib qoldi. Bozorda har biri o‘rtacha 700 ming so‘mga baholanadigan qo‘chqorlari sirli g‘oyib bo‘lganini ichki ishlar idorasiga ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Bu voqea yuz berganiga roppa-rosa bir hafta bo‘lgach, yana shu mahallada yashovchi To‘lqin Insofov (ism-shariflar o‘zgartirildi)ning ham qo‘rasidan tungi payt uch bosh qo‘chqori yo‘qolib qoldi. Shundan so‘ng T.Insofov ham ichki ishlar idorasiga murojaat etib, yordam so‘radi. Huquq posbonlarining olib borgan tezkor harakatlari natijasida qo‘chqor o‘g‘risi — shu mahallada yashovchi o‘ttiz yoshdagi O‘tkir Qo‘chqorov ushlanib, undan ashyoviy dalillar olindi.

O‘. Qo‘chqorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют