» » Ukrainaning Cherkassi shahri aeroporti qarzlar sababli asfaltini sotuvga qo‘ydi

Ukrainaning Cherkassi shahri aeroporti qarzlar sababli asfaltini sotuvga qo‘ydi


Ukrainaning SETAM kompaniyasi xodimlarning ish haqlari bo‘yicha qarzdorlikni uzish uchun Cherkassi shahri xalqaro aeroporti asfaltini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

10 ming tonnalik asfalt beton qoplamaning boshlang‘ich narxi 1,23 million givenni (taxminan 43926 dollar) tashkil qiladi.

Aeroportning xodimlar oldidagi ish haqi bo‘yicha qarzdorligi bir million grivendan ko‘proqni tashkil etadi. Auksion 11-oktabrda o‘tkaziladi.

Aeroport 1997-yilda samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatgan, 2001-yilda esa moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sababli yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют