» » Germaniya o‘ta o‘ng partiyasi yetakchisi Gitlerdan ibora keltirdi

Germaniya o‘ta o‘ng partiyasi yetakchisi Gitlerdan ibora keltirdi


Germaniyaning “Germaniya uchun muqobil” o‘ta o‘ng partiyasi yetakchisi Aleksandr Gauland Adolf Gitlerning chiqishlarini bir oz boshqacha ifodaladi. Bu haqda Tagesspiegel gazetasi xabar bermoqda.

Tarixchi Volfgang Bens Gaulandning populizm haqidagi Frankfurter Allgemeine Zeitung maqolasini tahlil qildi. Bensning so‘zlariga qaraganda, partiya yetakchisi maqolasini yozayotganda uning stolida Gitlerning 1933-yilda Berlinda Siemens zavodi ishchilari oldidagi chiqishi matni turgandek taassurot paydo bo‘ladi.

Gauland “global klass”, a’zolari faqat yirik shaharlarda yashovchi, ingliz tilida erkin so‘zlashuvchi, yashash joyini o‘zgartiruvchi va vataniga zaif bog‘langan dunyo elitasi haqida yozadi. Gitler esa “xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘yuvchi kichkina zoti past qavm” haqida so‘zlagan.

Gitlerning nutqi plyonkaga yozilgan, uning rasshifrovkasini arxivlardan olish mumkin. Biroq Bensning ta’kidlashicha, Gauland o‘z maqolasini natsist yetakchisidan shundayligicha “ko‘chirib olmagan”, fikrlarni biroz boshqacha ifodalagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют