» » Ispaniyaning Mayorka orolida yuz bergan toshqin qurbonlari soni 9 kishiga yetdi

Ispaniyaning Mayorka orolida yuz bergan toshqin qurbonlari soni 9 kishiga yetdi


Ispaniyaning Mayorka orolida yuz bergan toshqin oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida kamida ikki nafar Buyuk Britaniya fuqarosi bor.

Xabar berilishicha, shiddatli oqim San-Lorenso munisipialitetiga yopirilgan, avtomobillarni oqizib ketgan va o‘nlab uylarni to‘ldirgan. Ko‘plab kishilar balkonlar va uylarda qolib ketgan.

Toshqin sababli haydovchilar yo‘llarda mashinalar ichida qolib ketgan. Kuchli oqimlar transformatorlarga ham zarar yetkazgan, shuning uchun zararlangan hududlar chiroqsiz qolgan. Mayorkadagi 11 ta yo‘l yopiq qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют