» » O‘zbekistonda 12—18-noyabr kunlari “Global tadbirkorlik haftaligi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 12—18-noyabr kunlari “Global tadbirkorlik haftaligi” o‘tkaziladi


O‘zbekistonda 12—18-noyabr kunlari “Global tadbirkorlik haftaligi” (Global Entrepreneurship Weyek) o‘tkaziladi. Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashida mazkur tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, “Global tadbirkorlik haftaligi” O‘zbekiston mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet el tadbirkorlarini O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishtirish, tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda muhim tadbirga aylanmoqda.

Tadbirkorlik haftaligi doirasida Toshkent shahri va Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida maxsus biznes-treninglar, taqdimotlar, mahorat darslari, B2B uchrashuvlar tashkil etish belgilangan. Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida yosh tadbirkorlar biznes-forumi tashkil etiladi.

“Global tadbirkorlik haftaligi”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar bilan yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, yoshlar orasida biznes yuritish madaniyatini shakllantirish, ularni biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirish hamda O‘zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Tadbirda xorijlik investorlar va biznes trenerlar ishtiroki kutilmoqda. Jumladan, amerikalik kouching sohasida yetakchi mutaxassis Jon King va biznesni boshqarish bo‘yicha xalqaro mutaxassis Isxak Adizas, rossiyalik IT investori Leonid Boguslavskiy va boshqalarning kelishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют