» » Londonda 423 ta masjid va 100 ta shariat sudi faoliyat yuritadi

Londonda 423 ta masjid va 100 ta shariat sudi faoliyat yuritadi


Hozirda Londonda 423 ta masjid faoliyat ko‘rsatmoqda, 100 ta shariat sudi esa musulmonlarga nikoh masalalari, mol-mulk va meros masalalarida yordam ko‘rsatib kelmoqda. Bu haqda Saudi Gazette’ga tayanib, “Islom.uz” xabar berdi.

“Buyuk Britaniya poytaxti aholisining aksari musulmon bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarning poytaxtidan islomiyroqdir”, — deydi Mavlono Said Rizo Rizvi.

Londonning ayrim tumanlarida masjidlar cherkovlar bilan yonma-yon joylashgan. Masalan, 1230 kishiga mo‘ljallangan Avliyo Georgiy cherkoviga atigi o‘n ikki kishi keladi. Yaqin o‘rtada joylashgan masjid esa 100 kishiga mo‘ljallangan va har doim to‘la.

Taxminlarga ko‘ra, 2020-yilga kelib, Londonda masjidlarga boruvchilar soni 683 mingga yetadi, har haftalik ibodat uchun cherkovlarga boradiganlar soni esa 679 mingga tushishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют