» » O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyadagi Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasi qatnashmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyadagi Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasi qatnashmoqda


2018-yil 10-oktabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida an’anaviy Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek, ko‘plab xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan noshir va matbaachilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Mazkur yirik ma’rifiy festivalda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi noshirlar hamda matbaachilar erishgan yutuqlari aks etgan taqdimotlar bilan qatnashmoqda.

— Ko‘rgazmada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi, “Ma’naviyat” nashriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin O‘zbekistonning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyish etilayotir, — deydi O‘zMAA Bosh direktori, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Laziz Tangriyev. — Mazkur tadbirda ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning noshirlik va matbaachilik sohasidagi yutuqlari, nashriyotlarning matbaa mahsulotlarini Yevropa mamlakatlarida targ‘ibotini tashkil etish, mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda jahonning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va hayotga tatbiq etishdir.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ko‘rgazmada samarali ishtirok etmoqda. Xususan, o‘zbek noshirlari Rossiyaning “Flamingo”, Polshaning Book institute, Eronning “Shahrestan”, Belgiyaning Caramel, Buyuk Britaniyaning Account executive, Sweet Cherry Publishing, Avstriyaning TBC global, Qatarning Lusail” singari o‘nlab nashriyotlar bilan kitob mahsulotlarini chop etish yuzasidan mualliflik huquqini sotish, sotib olish va tarjima qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasi 14-oktabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют