» » Navoiydagi uy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlab berildi (foto)

Navoiydagi uy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlab berildi (foto)


Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish tadbirlari davomida Navoiy viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning xonadoni ta’mirlab berildi. Bu haqda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2018-yil 15-avgustdagi 04-2001-sonli topshirig‘i asosida shaklantirilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan Navbahor tumani Paxtakor mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz ona Hamroyeva Zamiraning qurilishi chala qolgan xonadoni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlab berildi.

Xonadonda yashash sharoiti mavjud bo‘lmaganligi sababli Z.Hamroyeva yolg‘iz farzandi bilan 7 yildan buyon ijarada yashab kelgan va uyini ta’mirlashda tegishli tashkilotlarga yordam so‘rab qilgan murojaatlari esa e’tibordan chetda qolib kelgan. Jami 6 sotixga ega ushbu xonadon 14 kunlik qisqa muddatda to‘liq ta’mirlanib uyi shifer qilindi, atrofi devor bilan o‘raldi, pol-patalok qilinidi va zamonaviy eshik-deraza hamda darvoza o‘rnatildi. Uy tabiiy gaz va elektr energiyasiga ulandi, issiqxona qurish uchun joy ham tayyorlandi, obodonlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют