» » KXDRdagi foydali qazilmalar zaxiralari 3,3 trillion dollarga baholanmoqda

KXDRdagi foydali qazilmalar zaxiralari 3,3 trillion dollarga baholanmoqda


KXDRdagi foydali qazilmalar zaxiralari 3,3 trillion dollarga baholanmoqda, bu Janubiy Koreyanikidan 15 marta ko‘proq demakdir. Bu haqda Janubiy Koreya Mineral resurslar davlat korporatsiyasi ma’ruzasida aytiladi, deb yozadi “TASS”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRda, xususan, 6 milliard tonna magnezit, 2 million tonna grafit va 250 ming tonna volfram bor. Pxenyan avvalroq chet el kompaniyalari bilan ularni qazib olish va investitsiyalar bo‘yicha 40 ta bitim imzolagan edi, ularning 90 foizini Xitoy kompaniyalari tashkil qiladi.

Hukmron “Toburo” demokratik partiyasidan deputat Pan Chjun shu munosabat bilan Xitoyning KXDR foydali qazilmalar bozoridagi yetakchiligi yuzasidan xavotir bildirib, Seulni ularni qazib olishga qo‘shilish imkoniyatini tezroq ko‘rib chiqishga undadi.

“Agar Janub Shimolning resurslaridan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritsa, biz ularni bir necha asrlar davomida barqaror ishlatishimiz mumkin”, — dedi parlamentariy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют