» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”: Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagan, unga ish haqini olib ketishi haqida xabarnoma jo‘natilgan

“O‘zbekiston havo yo‘llari”: Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagan, unga ish haqini olib ketishi haqida xabarnoma jo‘natilgan


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimov Moskvaning Tver sudiga murojaat etib, “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan o‘ziga tegishli pul mablag‘larini undirib berish yuzasidan da’vo kiritgani bilan bog‘liq holatni izohladi, deb yozadi Sputnik.

Aviakompaniya matbuot kotibi Zumrad Shojalilovaning so‘zlariga ko‘ra, Pyotr Karimov ishdan bo‘shaganidan keyin unga hisob-kitob qilib, hujjatlarini olib ketishi haqida xabarnoma jo‘natilgan.

“Karimov o‘z ixtiyori bilan Mehnat kodeksiga muvofiq, ariza asosida ishdan bo‘shagan. Biz buyruqlarni ko‘tarib, ushbu fakt tasdig‘ini topdik”, — dedi Shojalilova.

Pyotr Karimov “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Moskva filialida 2004-yildan 2017-yil apreligacha kompaniya bosh vakili yordamchisi lavozimida ishlagan.

Avvalroq Pyotr Karimov “O‘zbekiston havo yo‘llari” unga tegishli maoshni to‘lamagani tufayli, Moskvaning Tver sudiga murojaat etib, “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan o‘ziga tegishli pul mablag‘larini undirib berish yuzasidan da’vo kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют