» » Toshkentdagi ikki maktab xususiy investorlarga berish uchun tanlandi

Toshkentdagi ikki maktab xususiy investorlarga berish uchun tanlandi


Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ikki umumta’lim maktabi bazasida davlat-xususiy sheriklik asosida pilot loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Poytaxtda hozir 303 ta umumta’lim maktabi bo‘lib, ulardan 110 tasida o‘quvchilar soni me’yordagidan kam. Jumladan, Shayxontohur tumanidagi 136 va 141-maktablar ular sirasiga kiradi. Shu sababli aynan shu ikki o‘quv muassasasi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida investorlarga berish uchun tanlandi.

“Investitsiyalar bilan birgalikda innovatsiyalar va malakali mutaxassislar ham keladi. Bu esa ta’lim sifati oshishini ta’minlaydi. Loyiha doirasida investorlar bolalar ta’lim olishi va o‘qituvchilar faoliyati uchun barcha sharoitlarni yaratishi lozim. O‘z navbatida, ular maktab mulki va obyektlaridan 30 yil davomida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют