» » Jahonda atom energetikasiga investitsiyalar 2017-yilda 45 foizga qisqardi

Jahonda atom energetikasiga investitsiyalar 2017-yilda 45 foizga qisqardi


Atom energetikasiga global investitsiyalar 2017-yilda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 45 foizga kamayib, 17 milliard dollarni tashkil etdi, deb yozadi “TASS” Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga tayanib. Kamayish, xususan, dunyoda atom elektr stansiyalaridan voz kechish tendensiyasi o‘sib borishi natijasida kuzatilgan.

Energetika sohasida investitsiyalarning umumiy hajmi 2017-yilda 1,8 trillion dollarga teng bo‘lgan (pasayish — 2 foiz). Mineral yoqilg‘idan foydalanishga asoslangan korxonalarga sarmoya kiritish umuman olgan, avvalgi darajada qolgan. Biroq yangi AESlar qurilishiga kiritiladigan investitsiyalar dunyo bo‘yicha 70 foizga tushib ketgan.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyaning “Fukusima-1” AESida 2011-yil bahorida yuz bergan avariyadan keyin ko‘plab mamlakatlar atom energetikasiga shubha bilan qaraydigan bo‘ldi. Shundan so‘ng xavfsizlik talablarining oshganligi atom stansiyalarini qurish loyihalarining jiddiy qimmatlashishiga olib keldi, bu esa ularning jozibadorligini kamaytirmoqda.

Xususan, Germaniya AESdan butunlay voz kechishga qaror qildi, Shveysariyada referendum natijasida yangi stansiyalar qurish taqiqlandi, Fransiya atom energetikasiga bog‘liqligini kamaytirmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют