» » “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida Lacetti daraxtga urildi. 2 kishi halok bo‘ldi

“Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida Lacetti daraxtga urildi. 2 kishi halok bo‘ldi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 11-oktabr kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashagan M.Sh. Lacetti rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urildi.

Hodisa oqibatida mashina haydovchisi M.Sh. va uning yo‘lovchisi N.M. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют