» » O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod quradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod quradi


O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Maxsustrans” DUK va Qarag‘anda shahri “GorKomTrans” korxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Ushbu memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki korxona o‘rtasida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ushbu masalalarni muhokama qilish uchun Toshkent shahar hokimligida Qarag‘anda shahri hokimiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab olindi.

Bundan tashqari, tomonlar Toshkent shahrida hamkorlikda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют