» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktabr kuni qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari o‘zaro savdo aylanmasi hajmi izchil ortib, nomenklaturasi kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.

Sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda aniq qo‘shma loyihalar bo‘yicha ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi, bu ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Tomonlar eng muhim masalalar, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda samarali kurashish bo‘yicha yondashuvlari mushtarak ekanini qayd etdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют