» » Lesterni 133 yil kutilgan chempionlik sari boshlab kelgan Klaudio Ranyeri istefoga chiqarildi

Lesterni 133 yil kutilgan chempionlik sari boshlab kelgan Klaudio Ranyeri istefoga chiqarildi


Angliyaning amaldagi chempioni Lester italiyalik bosh murabbiy Klaudio Ranyerini istefoga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Sabab sifatida jamoaning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari korsatildi. Lester APLni tark etishi mumkin bolgan klubni bor-yogi 1 ochkoga ortda qoldirayotgani vaziyatni xavfli korinishga olib kelgan.

Ranyeri tulkilarni 2015-yilda qabul qilib olgan bolib, 133 yildan keyin Lesterni Angliya taxti sari yetaklab kelgandi. Uning chempionligi nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda katta hayajon bilan qarshi olindi. Tarkibida birorta yulduz futbolchisi yoq bolgan va byudjeti yetakchi klublarnikidan ancha kam bolgan Lesterning natijasi tarixga muxrlangandi. Bu voqeaga bir yil ham tolmasdan klub rahbariyatini Ranyerining istefosini eng togri qaror deb bildi.

Lesterga etibor qaratayotgan yettinchi yilimizdagi eng ogir qarorni qabul qildik. Bu jamoa kelajagini oylab amalga oshirildi.

Klaudio kuchli mutaxassis, yaxshi yetakchi, boy tajribaga ega bolgan inson. Uning harakati va mehnati Lesterni xalqaro miqyosga olib chiqdi. Biz Ranyerining Lester uchun qilgan ishlaridan bir umrga minnatdormiz.

Biz jamoa otgan yilgi aqlbovar natijasini takrorlaydi deb kutmagandik. Asosiy maqsad APLda jon saqlab qolish edi. Fikrimizcha bu vazifani ado etish uchun klubga yangi qon kerak.

Ayyavatt Shrivaddanaprabxa, Lester vitse-prezidenti

Klaudio Ranyeri 2016-yil yakunlariga kora Angliyaning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi. Biroq yanvar oyida bu sovrinni qabul qilib olgan italiyalik fevral oyidayoq ariza yozishga majbur boldi.

Qiziq tomoni, 2015-yil yakunlariga kora Joze Mourinyo Chelsini chempion qilgan va kelasi mavsumdayoq istefoga chiqarilgandi. 2016-yilda Lesterga oltin medal olib bergan Klaudio Ranyerida ham xuddi shunday boldi.

Ranyeri boshqaruvida Lester ozining songgi uchrashuvini Chempionlar ligasida Sevilyaga qarshi otkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

: admin (24-02-2017, 03:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -