» » Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumonlanib, 7 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumonlanib, 7 kishi qo‘lga olindi


Turkiya politsiyasi IShID terrochilik guruhining a’zolari sifatida gumon qilinayotgan yetti kishini qo‘lga oldi, ularning ikki nafari Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Ular mamlakat markazidagi Kayseri provinsiyasida qo‘lga olingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Operatsiya gumonlanuvchilarning uylarida amalga oshirilgan. Rossiya fuqarolari bo‘lgan Rashid Yenikeyev va Elana Raxmanova ham gumonlanuvchilar qatorida.

Xabar berilishicha, Yenikeyev terrorizmda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda u Suriyada halok bo‘lgan jangarilarning ayollarini noqonuniy ravishda Turkiyaga o‘tkazish va joylashtirish bilan shug‘ullangan.

Tintuv vaqtida qo‘lga olinganlarning terrorchilik guruhiga aloqadorligi haqida guvohlik beruvchi ko‘p sonli qalbaki pasportlar, raqamli axborot tashuvchilar va hujjatlar olib qo‘yilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют