» » AKT vaziri Veon Group rahbari bilan to‘rtinchi avlod tarmog‘ini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

AKT vaziri Veon Group rahbari bilan to‘rtinchi avlod tarmog‘ini kengaytirish masalalarini muhokama qildi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Veon Group kompaniyasining bosh amaliy direktori Shell Morten Yonsen bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar Beeline kompaniyasining O‘zbekiston mobil aloqa bozorida yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokiga doir muvaffaqiyatli ish tajribasini qayd etdi.

Suhbatda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish, xususan, to‘rtinchi avlod tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Veon rahbari zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha investitsiya dasturini yanada kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Unitel MChJ va Buzton QK MChJ (Beeline savdo belgisi) Veon kompaniyalari guruhiga kiradi. Ushbu kompaniya 235 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatuvchi global aloqa provayderi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 13) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют