» » Yangiqo‘rg‘onda alimentdan qarzi 17 mln so‘mdan oshgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Yangiqo‘rg‘onda alimentdan qarzi 17 mln so‘mdan oshgan erkak 15 sutkaga qamaldi


Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi taqdimnomasi va ma’muriy sud qarori bilan uzoq muddatdan beri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqarolar jazoga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga  MIB tuman bo‘limi mutasaddilari ma’lum qildi.

Jumladan, S.R. bir necha bor yozma va og‘zaki ravishda ogohlantirilishiga qaramay 3 nafar farzandi uchun 2015-yildan beri aliment to‘lamay kelgan. Natijada uning qarzdorligi joriy yil 1-oktabr holatiga 17.523.447 so‘mga yetdi. Sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

F.J. bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun alimentni 2013-yildan beri to‘lamay kelgani oqibatida qarz 7.419.432 so‘mni tashkil etdi. Unga nisbatan ham sud qarori bilan 10 sutka qamoq jazosi belgilandi.

4 yildan beri farzandi uchun aliment to‘lashdan bosh tortib kelayotgan N.T.ning qarzdorligi 2.720.528 so‘mni tashkil etdi. Mazkur qarzdorlik to‘liq qoplanmaganligi sababli unga nisbatan 5 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют