» » Namanganda bojxona xodimiga pora berish maqsadida uni ziyofatga taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda bojxona xodimiga pora berish maqsadida uni ziyofatga taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi


Joriy yil 3-oktabr kuni 6 tonna rangli metall noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan fuqaro A.N.ning harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

T.I. ismli shaxs A.N.ga nisbatan to‘plangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida bojxona xodimiga pora taklif qildi.

U o‘zining rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etdi.

T.I.ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan chog‘da bojxona organlari mas’ullari va Departament Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют