» » Instagram’da bir nechta fotosuratdan iborat galereyalarni joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Instagram’da bir nechta fotosuratdan iborat galereyalarni joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi


Instagram’da bitta postga bir yo‘la bir nechta suratni qo‘shish imkonini beruvchi funksiya paydo bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Bungacha bunday imkoniyat faqat reklama beruvchilarda bor edi.

Fotosuratlardan iborat galereyani chop etish uchun burchakda joylashgan ko‘k rangli ikonkani bosish kerak. Uzoq vaqt bosib turish orqali postdagi foto yoki videolar tartibini o‘zgartirish mumkin. Materiallarning barchasiga bitta filtrni qo‘llash yoki har birini alohida tahrirlash mumkin. Ammo geoteg va ta’rif butun post uchun bitta bo‘ladi.

Foydalanuvchi tasmasida galereyalarni surat yoki video ostidagi bir nechta nuqtalar orqali bilib olish mumkin. Profilni ko‘rishda esa galereyadagi har bitta surat yoki video alohida ikonka sifatida aks etadi.

Ushbu funksiyadan tug‘ilgan kunni nishonlash davomida olingan suratlarni yoki retseptlar suratlarini qadam-baqadam joylashda ham foydalanish mumkin.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют