» » Toshkentda MIB xodimiga pora taklif qilgan gaz idorasi xodimi qo‘lga olindi

Toshkentda MIB xodimiga pora taklif qilgan gaz idorasi xodimi qo‘lga olindi


Shayxontohur tumanidagi 6-sonli gaz uchastkasi muhandisi N.G‘. o‘z uchastkasida joylashgan novvoyxonada tabiiy gazdan foydalanishdan aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga MIB inspektoriga pora berishga uringan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yil 5-oktabr kuni soat 19:30 da Shayxontohur tuman prokuraturasi va MIB Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda MIB Shayxontohur tumani bo‘limi tezkor sho‘basi inspektori J.Haydarovning bildirgisiga asosan J.Haydarovning xizmat xonasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shayxontohur tumanidagi 6-sonli gaz uchastkasi muhandisi N.G‘. Shayxontohur tumani, O‘zbekiston MFY, Tarona ko‘chasida joylashgan novvoyxonada tabiiy gazdan foydalanishdan aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik hamda uning xatti-harakatlari ustidan “Toshkentshahargazta’minoti” korxonasiga taqdimnoma bermaslik evaziga MIB inspektori J.Haydarovga pora tariqasida 800 ming so‘m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda N.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют