» » Habib Nurmagomedov: “Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi?”

Habib Nurmagomedov: “Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi?”


Habib Nurmagomedov jamoasi a’zosi Zubayra Tuxugov 27-oktabr kuni Artyom Lobovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Habib va Konor o‘rtasidagi jangdan keyin mushtlashuvda ishtirok etgani uchun Tuxugovning jangi bekor qilindi. Bu doping uchun ikki yillik diskvalifikatsiyadan keyin Tuxugov uchun birinchi jang bo‘lishi kerak edi.

Habib Nurmagomedov agar uning do‘sti Zubayra Tuxugovni Artyom Lobov bilan jangga chiqishiga ruxsat berishmasa, UFC bilan shartnomani yirtib tashlash bilan tahdid qildi.

Agar siz meni jim turishimni kutgan bo‘lsangiz, adashasiz. Siz Zubayra Konorni urgani uchungina uning jangini bekor qildingiz va uni bo‘shatmoqchisiz. Aslida Konor birinchi bo‘lib mening boshqa bir ukamni urgandi, kameralarda hammasi ko‘rinib turibdi.

Bilib qo‘yingki, siz u bilan birga meni ham yo‘qotasiz. Biz o‘zimiznikilarni yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz va men o‘z ukam uchun oxirigacha boraman. Agar siz uni bo‘shatishga qaror qilsangiz, menga ham yirtilgan shartnomani yuborishni unutmang, aks holda men o‘zim uni burdalab tashlayman.

Ha, sal bo‘lmasa yodimdan ko‘tarilay debdi, sizlar bermayotgan mening gonorarimni o‘zingizga olib qolishingiz mumkin. Faqat tomog‘ingizga tiqilib qolmasin. Biz o‘z g‘ururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют