» » Buxoroda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Buxoroda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi


Buxoro viloyatida davlat mulki va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorda ko‘zda tutilgan.

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi;

KSZ hududidagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi;

KSZ ishtirokchilariga investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlar Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Ikki oy muddatda Buxoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflar — “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют