» » Jizzaxda o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan xonadondan 5 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi

Jizzaxda o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan xonadondan 5 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi


11-oktabr kuni soat 18:38 da Jizzax viloyati IIB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Forish tumani “Xonbandi” MFY Xonbandi shaharchasi 2-uyining uchinchi qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi, deb xabar beradi Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati.

Darhol yong‘in joyiga Forish tumani YoXBning 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yuborildi.

Aniqlanishicha, 5 qavatli uyning 3-qavatida fuqaro B.U.ning yashash xonadoni balkonida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu vaqtda uy egasi uyda bo‘lmaganligi sababli yong‘in rivojlangan, xona eshiklari va derazalar yopiq bo‘lganligi uchun xonadon tutun ichida qolgan. Uy egasi eshikni ochishi natijasida yong‘in joyiga havo va kislorod kirgan va yong‘in birdan avj olgan, qisqa muddatda ko‘p qavatli uy yo‘laklari tutun bilan qoplana boshlagan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari kelganida bino butunlay tutun ichida qolgan, olovning qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketish xavfi yuqori, boz ustiga yuqori qavatdagi xonadonlardan birida insonlar qolib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bor edi.

Tezkor harakatar tufayli 5-qavat 24-xonadondan 1982-yilda tug‘ilgan D.K. va uning 8 yoshli Og‘abek, 5 yoshli Ozodbek va 1 yoshli Asadbek ismli farzandlari qutqarib qolingan.

Yong‘in natijasida xonadonning balkon qismi 14 kvadrat metr maydonda taxminan 3 million so‘mlik uy jihozlari yonib zararlangan, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют