» » Qodirov: Stalin yer yuzidan bizning xalqimizni va u haqdagi xotirani yo‘q qilib tashlamoqchi bo‘lgan

Qodirov: Stalin yer yuzidan bizning xalqimizni va u haqdagi xotirani yo‘q qilib tashlamoqchi bo‘lgan


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen xalqining 1944-yil 23-fevralda deportatsiya qilinishiga 73 yil to‘lgan kunda o‘z Instagram’ida Sobiq ittifoq generalissimusi Iosif Stalinga qaratilgan keskin tanqid bilan chiqish qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Bizning respublikamizni tugatishdi, parcha-parcha qilib tashlashdi va juda ko‘p o‘n yilliklar uchun muammoni yaratishdi. Xalq boshpanasidan, mol-mulkidan, arxivlaridan, bebaho yodgorliklaridan ayrildi… Iosif Stalin yer yuzidan bizning xalqimizni va u haqdagi xotirani yo‘q qilib tashlashni xohlagandi”, — deb yozdi u.

Qodirov, shuningdek, Stalinning qahramonlashtirilishiga va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba faqat u tufayli deb hisoblanishiga qarshi chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ingushetiya Xalq yig‘ini hududda Iosif Stalin xotirasini abadiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq bir ovozdan qabul qilgan edi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 09:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют