» » Donald Tramp Suriyada IShIDga qarshi kurash rejasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Donald Tramp Suriyada IShIDga qarshi kurash rejasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp IShID terrorchilik tashkilotini yo‘q qilish bo‘yicha yangi rejani ishlab chiqish doirasida Suriyadagi terrorchilar bilan kurashda faolroq qatnashishga qaror qilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Manbalarga ko‘ra, birinchi navbatda Tramp Barak Obama tomonidan Suriya mo‘tadil muxolifat kuchlarini qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi yoki bekor qilishi mumkin.

Shu bilan birga, AQShning yangi strategiyasi IShIDga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyaga yangi sheriklarni qo‘shishni ko‘zda tutadi. Tuzilayotgan reja doirasida Vashington Suriyada nafaqat Rossiya bilan jangovar harakatlar koordinatsiyasini boshlashi, balki Anqaradan ham ko‘mak olishi mumkin. WP ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya Amerika harbiylariga Suriyaning Rakka shahrida IShIDga qarshi operatsiyalar uchun artilleriya va transport taqdim etishi mumkin.

Ammo, nashr ta’kidlashicha, AQSh boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun qator muammolarni hal etishi kerak. Masalan, Turkiya bilan aloqalarni mustahkamlash uchun, AQSh nafaqat quruqlikdagi qo‘shinlar sonini ko‘paytirishiga, balki o‘zining hujum strategiyasidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют