» » O‘zbekistonda yil boshidan buyon 344 ta “Kamaz” ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 344 ta “Kamaz” ishlab chiqarildi


O‘zbekistonda joriy yil boshidan beri 344 ta “Kamaz” yuk mashinasi ishlab chiqarildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Yuk mashinalari ishlab chiqarilishi shu yil martida Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan UzAutoTrailer korxonasi hududida yo‘lga qo‘yilgan edi.

Hozirgi paytda zavodda yig‘ilayotgan “Kamaz”larning model qatori 10–36 tonna yuk ko‘taradigan 11 turdagi yuk mashinasidan iborat. Ular 240–401 ot kuchiga ega, Yevro-3, Yevro-4 va Yevro-5 ekologik me’yorlariga javob beruvchi dvigatellar bilan jihozlangan.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 ming yuk mashinasini tashkil etadi. Kelajakda bu ko‘rsatkich 3 ming donaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют