» » LG kompaniyasidan yangi aksiya: “LG texnikasini sotib olgan har bir xaridorga kafolatlangan sovg‘a”

LG kompaniyasidan yangi aksiya: “LG texnikasini sotib olgan har bir xaridorga kafolatlangan sovg‘a”


Oshxona – bu shunchaki taom tayyorlash uchun ajratilgan xona emas, balki bu kun davomidagi ishdan so‘ng mazali kechki ovqat, dildan suhbatlashish, shinam muhit, hozirgina tayyor bo‘lgan taom isi va stol atrofiga yig‘ilgan oila demakdir. Uyning bu bo‘lagini yanada keng ko‘lamli va ergonomik qilishni hamma istaydi.

Shu bois LG kompaniyasi yangi kuzgi aksiyasini boshlaydi!

Aksiyada qatnashish uchun 1-oktabrdan 31-oktabrga qadar rasmiy kafolatga ega LG mahsuloti: sovitgich, changyutgich, kir yuvish mashinasi yoki mikroto‘lqinli pech sotib olish va xaridni savdo nuqtasida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.

Taqdimot shartlarini bajargan har bir ishtirokchi kafolatlangan sovg‘aga ega bo‘ladi. Shunday qilib, siz LG InstaView yoki Side-by-Side sovitgichini xarid qilganingizda, oshxona jihozlari to‘plamini olasiz va hajmi 300 litrgacha yoki undan katta bo‘lgan LG sovitgichini sotib olganingizda yoki undan yuqori bo‘lsa, Borcam pechi uchun idish sovg‘a qilinadi.

Bundan tashqari, LG TwinWash ikkilamchi kir yuvish mashinasi yoki 12 kg yuklamali G+ modelini xarid qilganlarni chiroyli Luminarc idishlar to‘plami kutmoqda. Boshqa modeldagi LG kir yuvish mashinalarini sotib olayotganda bonus sifatida kir yuvish kukuni taqdim etiladi!

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechini sotib oling va sovg‘ani o‘zingiz tanlang – un uchun idish yoki stakanlar to‘plami.

Bundan tashqari, LG Kompressor changyutgichini sotib olganingizda ham sovg‘alardan birini tanlashingiz mumkin — salat idishi yoki konteyner to‘plami.

Shoshiling! Sovg‘alar soni cheklangan! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Aksiya Toshkent shahridagi quyidagi do‘konlarda bo‘lib o‘tadi: Next KSMdagi LG firma do‘konida, MediaPark, CreditAsia, Texnomart, Goodzone do‘konlarida, Fleshka (sobiq Malika) texnobozoridagi do‘konlarda, “Ipak Yo‘li” (sobiq Abu-Saxiy) bozoridagi do‘konlarda, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Xazorasp, Jizzax, Termiz va Honqa shaharlarida.

Har bir shahardagi aksiya o‘tkazilish joyi xaqida batafsil ma’lumotni LG rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

LG xaridorlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 0-800 120-22-22 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib aksiya haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют