» » O‘zbekistonga McDonald’s, Burger King, Starbucks kabi mashur brendlar jalb etilishi mumkin

O‘zbekistonga McDonald’s, Burger King, Starbucks kabi mashur brendlar jalb etilishi mumkin


O‘rta muddatli istiqbol uchun O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida muhokama etilmoqda. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatda turizmni rivojlantirishni qiyinlashtirayotgan va sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni va ularni bartaraf etish choralarini keltirib o‘tgan.

Bunday yechimlar 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar dasturida keltirildi.

Dasturning o‘rnashish vositalari va turizm infratuzilmasining boshqa obyektlari faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘limida bugungi kunda O‘zbekistonda McDonald’s, Burger King, Starbucks, KFC va jahonda keng tarqalgan boshqa brendlar yo‘qligi, sayyohlar bunday muassasalarga e’tibor qaratishi va bu ular uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishi aytiladi.

Shu asosda esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga sayyohlik sohasiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa, dunyoga mashhur mehmonxonalar, restoranlar, kafe va tez ovqatlanish punktlari tarmoqlarini jalb etish yuklandi.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют