» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati fermerlari bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati fermerlari bilan suhbatlashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga tashrif buyurdi. “Valixon ota” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida davlat rahbari g‘o‘za rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qo‘shish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Bo‘ka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.

Prezident shu yerda viloyat fermerlari va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar ko‘p bo‘ldi. Paxta rivoji kechikdi.

Davlat rahbari hamma sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham asosiy maqsad xalqimiz manfaati ekanini, qaysi mahsulot ko‘proq daromad keltirsa, o‘sha ekilishini ta’kidladi.

Manfaatdorlik bo‘lishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda ko‘rish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi bo‘lishi uchun har bir odam o‘zi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqotda fermerlarga o‘z mehnati samarasini ko‘rish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay yig‘ib olish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют