» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: Tez orada umr davomiyligi o‘rtacha 90 yoshni tashkil etadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: Tez orada umr davomiyligi o‘rtacha 90 yoshni tashkil etadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti London Qirollik kolleji bilan hamkorlikda umr davomiyligi bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalari 2030-yilga borib odamzot 80—90 yoshni bemalol bosib o‘tishini ko‘rsatdi. Mutaxassislar uzoq yashashga moyillikni 65 yoshdan so‘ng hayot darajasining yaxshilanishi bilan bog‘lamoqda.

Natijada dunyoning 35 ta rivojlangan mamlakatida odamlar yanada uzoq yashashi kutilmoqda. Bundan tashqari, ayollar va erkaklar yashash darajasi o‘rtasidagi tafovut qisqarishi ham prognoz qilinmoqda.

Tibbiyot sohasining yaxshi rivojlangani va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining keng tarqalgani kuzatilayotgan Janubiy Koreyaning 2030-yilga borib uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha birinchilikni o‘rnatishi kutilmoqda. Bunda erkaklar uchun ushbu ko‘rsatkich 84 yoshga, ayollar uchun esa 90 yoshga teng bo‘ladi.

Hisobotga ko‘ra, aholisining uzoq yashashi bilan bugungi kunda yetakchi bo‘lgan Yaponiya Koreya bilan bir qatorda Fransiyadan ham ortda qoladi.

Boshqa qator mamlakatlarda umr davomiyligi o‘sishining pasayishi kutilmoqda. Xususan, AQShda mazkur holat aholi qatlamlari daromadlari orasidagi tafovutning kattaligi hamda majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimining mavjud emasligi bilan bog‘lanmoqda. Shunga qaramay, AQShda eng uzoq yashash yoshi o‘rtacha 80—83 yoshni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich Xorvatiya va Meksikada ham kuzatiladi.

Buyuk Britaniyaning ayollari uchun ko‘rsatkich 83 dan 85 ga, erkak fuqarolari uchun esa 79 dan 82 ga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют