» » Misr bosh imomiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy professori unvoni berildi

Misr bosh imomiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy professori unvoni berildi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Misr bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi mutasaddilari ishtirok etdi.

Misr bosh imomi O‘zbekistonda islom dunyosida mashhur ko‘plab olimu ulamolar yetishib chiqqanini, mazkur ta’lim dargohi talabalari buyuk ajdodlarimiz ishlarining davomchisi ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchilar tajribasini oshirish, kadrlar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Islom dinidagi dolzarb masalalarni davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish orqali ilmiy jihatdan tahlil qilish bo‘yicha kelishib olindi. Shayx Ahmad Muhammad Tayyibga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan Al-Azhar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan suhbatda Misr bosh imomining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi faol muloqotning mantiqiy davomi sifatida mamlakatlarning do‘stona va ishonch ruhidagi aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini bundan buyon ham mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют