» » Amerikalik olimlar odam ko‘zining to‘r pardasini sun’iy o‘stirdi

Amerikalik olimlar odam ko‘zining to‘r pardasini sun’iy o‘stirdi


Amerikaning Jonson Xopkins universiteti olimlari sun’iy ravishda odam ko‘zining to‘r pardasini o‘stirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Biologlar odam ko‘zining bir qismini o‘stirish ustida to‘qqiz oy ishlagan. Bu natija mutaxassislarga rangni ajratishga va kunduzgi ko‘rishni ta’minlashga imkon beruvchi yorug‘lik qabul qiladigan retseptorni o‘rganishga yordam beradi.

Hayvonlar ko‘zining dastlabki tadqiqoti normal ko‘rish qobiliyatining rivojlanishi uchun qalqonsimon bezning tireoid gormoni muhim o‘rin tutishini ko‘rsatgan. Biologlar uni odam ko‘zining o‘stirilayotgan to‘r pardasini oziqlantiruvchi vositaga qo‘shgan va bu fotoretseptorning yetilishiga yordam bergan.

Yaratilgan namuna yorug‘likni to‘liq qabul qiladi ba nerv hujayralariga ma’lumot uzatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют