» » “Hamkorbank” ATB xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi

“Hamkorbank” ATB xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi


“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi.

ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimini asosiy maqsadi iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tizimdir. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki ham o‘z faoliyati davomida bank xizmatlari iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini doimiy qondirib borish vazifasini asosiy maqsad sifatida belgilagan.

“Hamkorbank” ATB ham o‘z faoliyatida to‘lig‘icha o‘z mijozlarining talab va istaklarini qondirishga intiladi. Bu ham bank rivojining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan.

ISO 9001 standartiga muvofiq sifat menejmentini tashkil etish quyidagi ustunliklarni taqdim etadi:

“Hamkorbank” ATB raisi o‘rinbosari Mirzayev Alisher Anvarovich ta’kidlab o‘tganidek:

“Sifat menejmenti tizimining joriy etilishi ‘Hamkorbank’ uchun strategik ahamiyatga ega. Natijalarni yaxshilash uchun mustahkam poydevor hozirlash va umumiy olganda uning barqaror rivojlanishini ta’minlashda bu muhimdir. Ushbu standartda ‘Rejalashtir-amalga oshir-tekshir-harakat qil’ qoidasi qo‘llanilgan. Shuningdek, faoliyat davomida xavf va qaltisliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan jarayonlar joriy etilgan. Endilikda ‘Hamkorbank’ mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratishda ISO 9001 da aks etgan menejment sifati prinsiplariga tayanadi”.

Yana shuni ta’kidlash joiz – “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining barcha filiallarida yagona kiyinish madaniyati standarti, filiallarni jihozlash bo‘yicha yagona standarti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yagona standarti va boshqa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan standartlar joriy qilingan.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют