» » Shanxayda Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti markazi tashkil etiladi

Shanxayda Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti markazi tashkil etiladi


Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov va Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan xonim uchrashib, Shanxay shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti markazini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Alisher Navoiy markazi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining joriy yil noyabr oyida Xitoyga safari davomida ochilishi belgilangan.

Shuningdek, Shuhrat Sirojiddinov universitetda Xitoy markazini ochishni taklif etdi. Bu yerda o‘zbek adabiyoti namunalarini xitoy tiliga, xitoy ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga o‘gira oladigan tarjimonlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют