» » O‘zbekistonda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi

O‘zbekistonda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Republikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror”ni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq:

Xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi;

Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi;

Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar o‘z faoliyatining natijalari bo‘yicha tibbiyot xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadi;

Tibbiy xizmat ko‘rsatishga nisbatan qo‘yilgan talablar xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ham tatbiq etiladi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan talablarni, shuningdek, xizmat ko‘rsatish hajmi va tartibini belgilovchi vakolatli organ hisoblanadi.

Hujjat bilan O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining:

Respublika tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Tibbiyot-pedagogika ishi” bakalavriat yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlariga xalq tabobati bo‘yicha maxsus o‘quv siklini joriy etish;

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida xalq tabobati kafedrasi va “Xalq tabobati” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini tashkil qilish;

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют