» » Tojikiston o‘zbeklari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon nomzodlarini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari suradi

Tojikiston o‘zbeklari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon nomzodlarini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari suradi


Tojikiston o‘zbeklari jamiyati Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning nomzodlarini kelgusi yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish uchun imzo to‘plashni boshladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Jamiyat raisi Muharram Mirzoaliyevaning ta’kidlashicha, tashabbuskor guruh Norvegiya Nobel qo‘mitasi bilan bog‘lanishga ham ulgurdi.

“Bizga nomzodlarni ilgari surish jarayoni batafsil tushuntirildi. Jumladan, qo‘mita hukumat tizimlari nomzodlarini ko‘rib ham o‘tirmasligi ma’lum bo‘ldi. Lekin bu ishni jamoat tashkilotlari qo‘lga olsa, ularning talabnomalari majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi”, — deydi Mirzoaliyeva.

2010-yilgi aholini hisobga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda 926 ming nafar o‘zbek istiqomat qiladi. Bu mamlakat aholisining 12,5 foizini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют